“Boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitish” mavzusida davra suhbati

Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazida “Boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi hamkorligida tashkillashtirilgan tadbirda turli vazirlik va idora vakillari, umumta’lim maktablari rahbarlari va chet tili o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Anjumanda so‘zga chiqqanlar Prezidentimizning “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida olib borilayotgan ishlar va yangiliklar xususida alohida to‘xtalib o‘tdi. 3-sinf o‘quvchilari uchun nashrga tayyorlanayotgan “Kids’ English” darsligi mualliflari o‘quv qo‘llanmaning qulaylik va afzalliklari haqida fikr bildirdi. Shuningdek, davra suhbatida boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitishning samarali usullari, pedagoglarning uzluksiz kasbiy malakasini oshirish, o‘quvchilar bilimlarini baholash mezonini o‘rganish masalalari tahlil etildi. Batafsil »

Qo‘llanmalarni joylarga yetkazish tartibi tasdiqlandi

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturiga asosan maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olinmagan bolalarni maktabga tayyorlashga mo‘ljallab chop etilgan besh nomdagi («Nutq o‘stirish, o‘qish va savodga tayyorgarlik», «Matematik tasavvurlarni shakllantirish», «She’riy asarlar to‘plami», «Nasriy asarlar to‘plami», «Sog‘ tanda — sog‘lom aql») qo‘llanmalarning joylarga yetkazilishi va ulardan oilalarning foydalanishini ta’minlash tartibi tasdiqlandi. Xalq ta’limi vazirligining maktabgacha ta’lim muassasalari bo‘limi boshlig‘i Sabohat Mirjalilova bilan suhbatimiz shu xususda bo‘ldi. Batafsil »

“Prezident archasi” tantanalari

Joriy yilning 29-30 dekabr kunlari poytaxtimizning “Turkiston” saroyida “Prezident archasi” tantanalari bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirlarda Mehribonlik uylari, “SOS – bolalar mahallasi”, ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar hamda yurtimiz tinchligi yo’lida qurbon bo’lgan huquq-tartibot organlari xodimlarining farzandlari ishtirok etdilar. Bayram tantanalarida bolajonlar uchun “Tomosha” bolalar studiyasi tomonidan tayyorlangan «Mo‘jizalar kitobi» teatrlashtirilgan dasturi, estrada ijrochilari va sirk ustalari ishtirokidagi musiqiy dastur, rang-barang raqslar namoyish etildi. Batafsil »

Bilimlar kuni

Mamlakatimizdagi umumta’lim maktablarida 2 sentyabr kuni birinchi qo`ng`iroq sadolari yangrab, «Bilimlar kuni” tadbiri va «Mustaqillik darslari” bo`lib o`tdi.
Bu yil 587 ming nafardan ziyod o`g`il-qiz maktablarning birinchi sinfiga o`qishga bordi. An’anaga ko`ra 12 nomdagi sifatli o`quv anjomlari, darsliklar hamda o`quvchi sumkasidan iborat Prezidentimiz sovg`alari o`quv yilining dastlabki kunida ularga tantanali tarzda topshirildi.

Davlatimiz rahbarining 2012 yil 10 dekabrdagi «Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qaroriga muvofiq o`g`il-qizlarga bilim maskaniga ilk bor qadam qo`ygandanoq xorijiy tillar o`qitilmoqda. Bu yil 1-sinflar uchun 553 ming nusxa ingliz, 21 ming nusxa nemis, 17 ming nusxa frantsuz tili darsliklari qayta nashr etildi. 2-sinf o`quvchilari uchun 591 ming nusxa yangidan chet tili darsliklari va o`qituvchilar uchun 22 ming nusxa metodik qo`llanmalar chop qilindi. Ular o`quvchi kitobi, o`qituvchi uchun metodik qo`llanma va multimediali ilovalar (DVD-disk)dan iborat. Batafsil »

Yoshlarga e`tibor

Ma’lumki, sog`lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, orzu-umidlarini ro`yobga chiqarish masalalari umummilliy qadriyatlarimizning asosini tashkil etadi. Zero, xalqimiz mustahkam oila barpo etish, o`g`il-qizlarini har tomonlama yetuk qilib kamol toptirish, ularning baxtidan quvonishdek ezgu fazilatlarga tayanadi.

Istiqlolning dastlabki yillaridayoq qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to`g`risida”gi, «Ta’lim to`g`risida”gi qonunlar yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularga jahon andozalari darajasida bilim berish, o`z qiziqishi va intilishiga mos tarzda kasb-hunar egallashga yaqindan ko`maklashishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida har kim bilim olish huquqiga ega ekanligi va bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanganligi ko`rsatib o`tilgan. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi «Ta’lim to`g`risida”gi Qonunining 4-moddasida jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, O`zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’iy nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlangan. Batafsil »